Ushbu to'plamga Abdulla Qodiriyning «Jinlar bazmi» (mavhum hikoya), «Uloqda» (1915, bosh qahramoni Turg‘un. Muallif bu asar haqida «Bolalik davrimning yodgori bo‘lganligi uchun ortiqcha o‘zgartirishlar kiritmadim» deb yozgan. Bu hikoya oktyabr inqilobigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotidagi realizmning cho‘qqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi, yetuk namunasi bo‘lib, unda uloq voqeasi tasvirlangan. Oybek bu asarga yuksak baho berib: «Uloqda» hikoyasida tashviqotchining, voizning o‘g‘lini san’atkor oladi. Yozuvchi bu asarda voqealar ustidan muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilmaydi, balki obrazlar bilan ko‘rsatadi» — degan) hikoyalari kiritilgan.